
Vol. 1 No. 2 (2025): "VETERINARIYA MEDITSINASI VA CHORVACHILIKDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik konferensiya
Ushbu toʻplam Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrugʻi bilan oliy ta’lim tashkilotlari hamda ilmiy tashkilotlarda 2025-yilda oʻtkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, seminarlar va boshqa ilmiy hamda ilmiy-texnik tadbirlar roʻyxati 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan – 2025-yilda xalqaro miqyosida oʻtkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi asosida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 2025-yil 13-noyabr kuni – “Veterinariya meditsinasi va chorvachilikdagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari” mavzusida oʻtkazilgan Xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik konferensiyasi materiallari asosida tuzilgan.
Konferensiyada, veterinariya sohasida faoliyat olib borayotgan universitet va filialarning professor-o‘qituvchilari, ilmiy markazlarning va insitutlarning ilmiy xodimlari, doktorantlar, magistrantlar, iqtidorli yosh tadqiqotchilarning ilmiy-tadqiqot ishlariga bagʻishlangan maqolalar oʻrin olgan
Toʻplamga kiritilgan maqolalar materiallarining toʻgʻriligi va haqqoniyligiga mualliflar mas’ul hisoblanadi.