RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI: JIZZAX VILOYATI MISOLIDA
Keywords:
raqamli iqtisodiyot, aholi daromadlari, raqamli savodxonlik, elektron savdo, Jizzax viloyati, raqamli transformatsiya, raqamli bandlik, IT-sektorAbstract
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida aholi daromadlarini oshirishning nazariy asoslari va amaliy mexanizmlari Jizzax viloyati misolida tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi, O‘zbekistonning “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida raqamli transformatsiya jarayonlari aholi farovonligiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgani bilan belgilanadi. Maqolada raqamli iqtisodiyotning asosiy yo‘nalishlari — elektron savdo, masofaviy bandlik, raqamli moliyaviy xizmatlar va IT-sektorning kengayishi orqali daromadlarni shakllantirish mexanizmlari yoritilgan. Jizzax viloyati misolida raqamli transformatsiya jarayonlari natijasida ishlab chiqarish samaradorligi oshgani, mehnat bozorining yangi shakllari vujudga kelgani, shuningdek, elektron xizmatlardan foydalanish darajasi ortgani qayd etiladi. Shu bilan birga, maqolada raqamli infratuzilmaning yetarli rivojlanmagani, raqamli savodxonlikning pastligi va raqamli tengsizlik kabi muammolar chuqur tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.
Downloads
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2020). Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida PF–6079-son Farmon. https://lex.uz/docs/4751561
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2021). Sanoat tarmoqlarini raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida PQ–5092-son Qaror. https://lex.uz/docs/5348727
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2023). 2023–2025-yillarda sanoatni modernizatsiya qilish va raqamlashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”. Toshkent: VM.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi. (2023). Raqamli iqtisodiyot rivoji bo‘yicha yillik hisobot. Toshkent: AKT vazirligi.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi. (2022). Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish va texnologik startaplar holati. https://innovation.uz
Murotjonova Mubina Dilshod Qizi. “Raqamli iqtisodiyot va innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning muhim masalalari”. Advance Scientific Research xalqaro jurnali 3.07 (2023): 195-200.
Murotjonova Mubina Dilshod Qizi. “Turli davlatlarning raqamli iqtisodiyot sohasidagistrategiyalari”. Amerika ijtimoiy fanlar va insoniyat tadqiqotlari jurnali 3.05 (2023): 34-41.
Downloads
Published
Conference Proceedings Volume
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.
