O‘ZBEKISTONDA MEVA-SABZAVOTNI QAYTA ISHLASH SANOATINING SHAKLLANISHI VA IQTISODIY MOHIYATI
Keywords:
meva-sabzavotni qayta ishlash, qo‘shilgan qiymat, qiymat zanjiri, eksport salohiyati, logistika infratuzilmasi, klaster va kooperatsiya, standartlashtirish, innovatsion mahsulotlar, iqtisodiy samaradorlikAbstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda meva-sabzavotni qayta ishlash sanoatining shakllanishi va iqtisodiy mohiyati tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqotda 2016-yildan boshlab tarmoq rivojida muhim ahamiyat kasb etgan huquqiy va institutsional islohotlar, xususan, PQ-2505-sonli Prezident qarorining roli yoritilgan. Meva-sabzavotni qayta ishlash jarayonining xomashyo mavsumiyligi va tez buziluvchanligi sharoitida qiymat zanjirida barqarorlikni ta’minlash, qo‘shilgan qiymatni oshirish hamda tranzaksiya xarajatlarini kamaytirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, qayta ishlash sanoatining logistika infratuzilmasi, standartlashtirish va sertifikatlash, innovatsion mahsulotlar va brendlash orqali eksport salohiyatini kengaytirishdagi roli asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari meva-sabzavotni qayta ishlash sanoati milliy iqtisodiyotda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish va hududiy iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
Downloads
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2016-yil 5-martdagi PQ-2505-son. 2016-2020-yillarda meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarining xom ashyo bazasini yanada rivojlantirish, ularni qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. - Toshkent.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2016-yil 12-apreldagi PQ-2520-son. Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. - Toshkent.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 2018-yil 29-martdagi PF-5388-son. O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlər to‘g‘risida. - Toshkent.
Колесникова Т.В. Организация учета затрат при производстве и переработке продукции в плодово-ягодном подкомплексе: автореф. дис. … к.э.н. - Орёл, 2004. - 27 с.
Downloads
Published
Conference Proceedings Volume
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.
