INTERAKTIV MUAMMOLI O‘QITISH SAMARADORLIGINI RAQAMLI KUZATUV ORQALI BAHOLASH METODIKASI
Keywords:
matematika ta’limi, muammoli o‘qitish, interaktiv metod, raqamli kuzatuv, tanqidiy fikrlash, ta’lim samaradorligiAbstract
Ushbu tezis ishida matematika darslarida muammoli o‘qitishning samaradorligini aniqlash uchun innovatsion yondashuv — interaktiv muammoli o‘qitishning raqamli kuzatuv asosida baholash metodi taklif etiladi. An’anaviy baholash usullari ko‘pincha o‘quvchilarning yakuniy natijalarini test yoki yozma ishlar orqali o‘lchash bilan chegaralanadi. Mazkur metod esa o‘qitish jarayonining interaktiv, kognitiv va ijtimoiy jihatlarini ham o‘z ichiga oladi. Tadqiqotda o‘quvchilarning faolligi, mustaqil fikrlash darajasi, muloqot va hamkorlik ko‘rsatkichlari raqamli kuzatuv jadvallari yordamida qayd etilib, ularning yig‘ma tahlili asosida samaradorlik indeksi (S) hisoblanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli kuzatuv asosida olib borilgan muammoli o‘qitish o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, mantiqiy tahlil, ijodiy yondashuv va hamkorlik kompetensiyalarini rivojlantiradi. Ushbu metod zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llagan holda muammoli o‘qitish samaradorligini obyektiv, raqamli va tizimli baholash imkonini beradi.
Downloads
References
Ling, W., Chen, H., & Zhang, Y. (2023). Artificial intelligence in language instruction: Impact on English learning achievement, L2 motivation, and self-regulated learning. Frontiers in Psychology, 14, 1261955. [Link]
Alqahtani, A. (2022). Chatbots and AI applications for improving writing and speaking skills in EFL learners. 17(8), 210–224.
Zhao, H., Li, F., & Wang, X. (2021). The effectiveness of AI-based pronunciation tools in English language learning. Computer Assisted Language Learning, 34(7), 789–810.
ResearchGate. (2025). Using Online Resources Technology for Foreign Language Learning: Strategies, Impact and Challenges. [Link]
Xoljigitov, D. et al. (2024). DIOFONT tenglamalarini yechishda zanjirli kasrlar xossalaridan foydalanib yechish usullari. International Journal of Scientific and Applied Research, 1(3), 282–287.
Mamanov, S. K. et al. (2023). Biz yashayotgan jamiyatimizda trigonometrik funktsiyalarning amaliy ahamiyati. Eng yaxshi ilmiy tadqiqotlar, 13–17.
Dilmurod, X., Jo’raboyevich, R. N. (2022). Axborot texnologiyalarining M. V. M. f. o‘qitish jarayonida foydalanishning ahamiyati. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 708–711.
Qahhorov, M., Xoljigitov, D. (2022). Tenglamalar sistemasiga doir misollarni grafik usulda yechish. Matematika va informatika jurnali, 2(1).
Xoljigitov, D., Prnazarov, S. H. (2022). Tenglamalar sistemasiga doir misollarni grafik usulda yechish. Matematika va informatika jurnali, 2(1).
Xoljigitov, D., Mantiqiy, I. I. G. N. Y. (2022). Masalalarni yechish. Matematika va informatika jurnali, 2(2).
Xoljigitov, D., Isroilov, I. (2022). Graflar nazariyasi yordamida mantiqiy masalalarni yechish. Matematika va informatika jurnali, 2(2).
Xoljigitov, D. (2021). Geometriyaning algebraik tenglamalariga yechishga ba’zi tatbiqlari. Matematika va informatika jurnali, 1(3).
Downloads
Published
Conference Proceedings Volume
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.
