AXBOROT TIZIMLARI XAVFSIZLIGINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY METODIKASI VA RIVOJLANISH OMILLARI
https://doi.org/10.5281/zenodo.20621068
Keywords:
Axborot tizimlari, kiberxavfsizlik, o‘qitish metodikasi, gamifikatsiya, PBL, bulutli xizmatlar, ma’lumotlar bazasi, apparat ta’minotiAbstract
Ushbu maqola axborot tizimlari xavfsizligi bo‘limini o‘qitishning zamonaviy metodikasiga bag‘ishlangan. Axborot xavfsizligi bugungi kunda dolzarb mavzulardan biri bo‘lib, ushbu sohada malakali mutaxassislar tayyorlash uchun o‘qitish jarayoniga maxsus yondashuv talab etiladi. Maqolada o‘qitish samaradorligini oshirish uchun amaliy mashg‘ulotlarga asoslangan yondashuvlar, o‘yinlashtirish (gamifikatsiya), vaziyatli tahlil (case-study) va muammoga yo‘naltirilgan ta’lim (Problem-based Learning) usullarining ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Axborot tizimlari xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish jarayonida talabalar nafaqat nazariy bilimlarga, balki amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishlari lozimligi ta’kidlangan. Shuningdek, maqolada talabalar bilimini mustahkamlash uchun simulyatsiya, virtual muhitlarda laboratoriya mashg‘ulotlari va real hayotdagi xavfsizlik muammolarini yechish bo‘yicha topshiriqlarning o‘rni muhim ekanligi qayd etilgan. Ushbu metodlarni qo‘llash orqali o‘qitish samaradorligini oshirish va talabalar bilimini chuqurlashtirish mumkinligi ko‘rsatilgan. Mazkur maqola axborot xavfsizligi sohasida ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, pedagoglar va mutaxassislar uchun metodik ko‘rsatmalar beradi.
Downloads
References
Saidov, J. D. O‘., Matmusayeva, M. Z. Q., & To‘rayeva, Z. O. Q. (2024). AXBOROT TIZIMLARI VA ULARNING RIVOJLANISHI OMILLARI. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 1(4), 66-68.
Saidov, J. D. (2021). Study of the process of database and creation in higher education. Guliston.
Saidov, J., Irsaliyev, F., Temirxolova, B., & Ismoilova, C. (2024). TALABALARNING BILIM OLISHGA BO'LGAN QIZIQISHLARINI OSHIRISH MUAMMOLARI. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 1(2), 134-137.
Saidov, J., Nazarqulov, A., & Danaboyev, N. Z. (2024). ELEKTRON DIDAKTIK VOSITALAR YORDAMIDA BILIMLARNI SINASH MUAMMOLARI. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 1(2), 143-147.
Mavlonov, S., & Adilov, A. (2023). TALABALARNING IJODIY VA KASBIY TA'LIMIDA RAQAMLI RESURSLARDAN FOYDALANISH OMILLARI. Евразийский журнал технологий и инноваций.
Published
Conference Proceedings Volume
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.
