SUG‘URTA KOMPANIYALARINING MOLIYAVIY RESURSLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RISK-MENEJMENTI MEXANIZMINI TASHKIL ETISH
Keywords:
sug‘urta bozori, risk-menejment, anderrayting, qayta sug‘urtalash, investitsion risklar, Solvency II, riskga asoslangan kapital, aktuariy modellar, iqtisodiy liberallashtirish, hayot sug‘urtasi, operatsion risklar, moliyaviy barqarorlik, raqamlashtirish, sug‘urta kompaniyalariAbstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston sug‘urta bozorida risk-menejment tizimini takomillashtirishning nazariy asoslari, amaldagi holati va rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Mamlakatda iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonlari, global iqtisodiy o‘zgarishlar va pandemiya sharoitida sug‘urta kompaniyalarining risklar bilan ishlash mexanizmlariga ehtiyoj ortib borayotgani ilmiy asosda yoritilgan. Sug‘urta bozoridagi ixtiyoriy va majburiy sug‘urta turlarining nisbati, hayot sug‘urtasining past ulushi, hududiy nomutanosibliklar kabi mavjud muammolar statistik ma’lumotlar asosida tahlil etilgan. Shuningdek, anderrayting, investitsion jarayonlar, qayta sug‘urtalash va operatsion jarayonlarda uchraydigan risklar tasnifi va ularni boshqarishning xalqaro tajribaga asoslangan mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Xususan, Solvency II standartlari, riskga asoslangan kapital tizimi, aktuariy modellar, raqamli risk tahlili va qayta sug‘urtalash bo‘yicha ilg‘or amaliyotlarning O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari asoslab berilgan. Maqola yakunida sug‘urta bozorida risk-menejment tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.
Downloads
References
M.Eshov, A.Burxanov, X.Xasanov, D.Baratova, J.Nosirov. Sug‘urta ishi asoslari. Darslik.-T.:”Ma’naviyat”,-2023. 486 b.
Q.M.Qo‘ldoshev. Sug‘urta texnologiyalari. Darslik.–T.: “Iqtisodiyot”,-2021. 338 b.
X.Shinnayev, I.Ochilov, S.Shirinov, I.Kenjayev. Sug‘urta ishi. O‘quv qo‘llanma. - T.: «Tafakkur bo‘stoni», 2014.
Muxtarov B. ANALYSIS OF THE DYNAMICS OF POPULATION INCOME GROWTH IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 11. – С. 30-39.
Burkhanov A. U., Yadgarov A. A., Tugizova M. S. Forecast Scenarios of the Development of Agricultural Insurance in Uzbekistan Based on Econometric Models Against the Background of Climate Change //Development of International Entrepreneurship Based on Corporate Accounting and Reporting According to IFRS: Part B. – Emerald Publishing Limited, 2024. – С. 47-53.
Ko‘chimov A. et al. SUG ‘URTANING INVESTITSIYA FAOLIYATIGA MAKROIQTISODIY TA’SIRI: https://doi. org/10.5281/zenodo. 15300955 //Science technology&Digital finance. – 2025. – Т. 3. – №. 2. – С. 21-26.
Kamolov , D. (2025). VIRTUAL TURIZM (VR) XIZMATLARINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI. Scientific Practical Conference, 1(1), 372-374. https://d-pressa.com/index.php/spc/article/view/264
Downloads
Published
Conference Proceedings Volume
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.
