KOMMUNIKATIV GRAMMATIKA ASOSIDA DIALOGIK NUTQ KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Keywords:
kommunikativ grammatika, dialogik nutq, nutq ko‘nikmasi, muloqot, grammatik kompetensiya, , kommunikativ kompetensiya, ta’lim metodikasi, interaktiv yondashuvAbstract
Mazkur tezisda kommunikativ grammatika asosida dialogik nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi nazariy va amaliy jihatdan yoritiladi. Bugungi ta’lim jarayonida grammatik bilimlarni alohida qoida va shakllar yig‘indisi sifatida emas, balki real muloqot vositasi sifatida o‘rgatish zarurati kuchayib bormoqda. Shu nuqtai nazardan dialogik nutqni shakllantirishda kommunikativ grammatikaning o‘rni, uning mazmuni, tamoyillari va o‘qitish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilar va talabalar dialogik nutqini rivojlantirishda kommunikativ grammatik yondashuvning samarali metodik asoslarini aniqlashdan iborat. Ishda nazariy tahlil, qiyoslash, umumlashtirish hamda metodik talqin usullaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, grammatik birliklar dialogik vaziyatlarda, nutqiy niyat va kommunikativ vazifalar bilan bog‘liq holda o‘rgatilganda talabalar ularni faolroq, ongliroq va vaziyatga mos tarzda qo‘llay boshlaydi. Xulosa sifatida kommunikativ grammatika dialogik nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishning samarali metodik asosi ekani asoslandi.
Downloads
Downloads
Published
Conference Proceedings Volume
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.
