KICHIK VA O‘RTA BIZNESDA INVESTITSION FAOLLIKNI RAQAMLI PLATFORMALAR ORQALI OSHIRISH YO‘LLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.22742268Kalit so‘zlar:
kichik va o‘rta biznes, investitsion faollik, raqamli platforma, raqamli moliya, muqobil skoring, sun’iy intellekt, moliyaviy inklyuziya, platforma iqtisodiyoti, raqamlashtirishAbstrak
Maqolada kichik va o‘rta biznes (KOB) subyektlarining investitsion faolligini raqamli platformalar va zamonaviy moliyaviy texnologiyalar vositasida oshirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy e’tibori tadbirkorlarning moliyaviy resurslarga kirishidagi tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish, bank takliflarini taqqoslash imkoniyatlarini kengaytirish, raqamli ma’lumotlar asosida muqobil skoringni joriy etish va davlat qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan foydalanishni soddalashtirish masalalariga qaratilgan. Tizimli, qiyosiy va institutsional tahlil natijalariga ko‘ra, raqamli moliyaviy platformaning “Elektron hukumat” ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyasi kreditlash jarayonida hujjat aylanishini qisqartirish, inson omili ta’sirini kamaytirish va kredit tarixiga ega bo‘lmagan tadbirkorlarni ham baholash imkonini kengaytirishi mumkin. Tadqiqotda KOBning investitsion faolligini baholash uchun “raqamli moliyaviy kirish – muqobil skoring – moliyalashtirish – investitsiya – biznes o‘sishi” zanjiriga asoslangan mualliflik yondashuvi taklif etildi. Shuningdek, platforma xavfsizligi, ma’lumotlarni himoya qilish, hududlarda raqamli savodxonlik va algoritmik baholashning shaffofligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Yuklashlar
##submission.citations##
Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-son qarori. // lex.uz
Davlat-xususiy sheriklik loyihalari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PQ-308-son qarori. // gov.uz
Innovatsion sohada davlat-xususiy sheriklik munosabatlarining o‘rni va uni amalga oshirish mexanizmi // Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024.
Toshkentda startap ekotizimining 500 dan ortiq ishtirokchisi qatnashgan Startup & Venture Summit 2025 o‘tkazildi. // it-park.uz
Ta’lim klasterlari: mazmun-mohiyati, zarurati, sohada mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari // O‘zbekistonda oliy ta’lim jurnali.
